Dala geologiyasi daftari: nuqta, yotish elementlari, sun'iy yo'ldosh va 3D relyef xaritasi
Ob-havo va dala ogohlantirishlari uchun «Joyimda» ni bosing.
Ma'lumotlar shu qurilma brauzerida saqlanadi. Ish tugagach, «Eksport» bo'limidan nusxa oling.
Yuqori o'ng burchakdagi tugma orqali xarita turini almashtiring (sun'iy yo'ldosh, relyef, ko'cha). Chiziq qatlam yo'nalishini, qisqa belgi qiyalik tomonini bildiradi. Xaritaga internet kerak.
Manzilda {z}, {x}, {y} bo'lishi kerak. Qatlamning foydalanish shartlarini o'zingiz tekshiring.
Bir barmoq bilan sudrab xaritani suring, ikki barmoq bilan yaqinlashtiring, burang va egib ko'ring. Chap pastdagi dumaloq tugmani sudrasangiz, xarita bir barmoq bilan aylanadi va egiladi (Google Earth kabi). «🔄 Aylantirish» rejimida esa butun xarita bir barmoq bilan aylanadi. Nuqtani bosing: ID, yotish elementlari va dengiz sathidan balandlik chiqadi. Relyef ma'lumoti taxminiy (~30 m aniqlik). Internet kerak.
Kon chegarasini (.shp) yuklang. Dastur shu kontur ichidagi relyefdan izolinyalarni (gorizontallarni) hisoblab, kontur bo'yicha qirqib beradi. Natija: GeoJSON, Shapefile, DXF (AutoCAD) va XYZ nuqtalar.
Bitta .zip arxiv yoki bir vaqtda .shp va .prj (.dbf, .shx) fayllarini tanlang. .prj bo'lsa koordinatalar o'zi WGS84 ga o'tkaziladi.
Navoiy, Buxoro uchun odatda 41, Toshkent uchun 42.
DXF va XYZ koordinatalari UTM (WGS84, metr), GeoJSON va Shapefile WGS84 (lat/lon). XYZ nuqtalar soni ko'p bo'lsa siyraklashtiriladi.
Muhim: relyef ochiq DEM ma'lumotlaridan olinadi (asl piksel taxminan 30 m, vertikal xato odatda ±5–10 m, ma'lumot yillari turlicha). Bu konning hozirgi kar'yer, ag'darma yoki qazilma relyefini ko'rsatmaydi. Aniq joriy sirt uchun dron yoki GNSS s'yomkasi kerak.
Shapefile ZIP arxivida .shp, .shx, .dbf va .prj (WGS84) fayllari bor. Arxivni ochmasdan ham ArcGIS Pro va QGIS qabul qiladi. Qiymati yo'q raqamli maydonlar (yo'nalish, qiyalik, aniqlik) -9999 bilan to'ldiriladi. Maydon nomlari qisqartirilgan (shapefile cheklovi, 10 belgi).
Bu qurilmada 0 ta mahalliy nuqta bor (umumiy bazaga hali yuborilmagan).
E-pochta a'zoning Google akkaunti bilan aynan bir xil bo'lishi kerak.